«USING INFORMATIONS TECHNOLOGY IN CLASSROOM» mavzusida mahorat darsi

BMTI «Neft va gaz texnologiyasi» fakulteti, BMTI «Xorijiy tillar» kafedrasi, hamda BMTI Akademik litseyi o’qituvchilari bilan hamkorlikda ishlashmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi «O’rta maxsus kasb hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi» PQ -2829 sonli qarori va 2017 yil 26 — sentyebrdagi «Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi» PQ — 3290 son qarori , hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 apreldagi 206 sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida Bir tomondan BMTI nomidan rektor prof. N.R. Barakayev BMTI akademik litseyi direktori E.Z.Halimov tomonidan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
Ushbu shartnomani ijrosini ta’minlash maqsadida BMTI «Xorijiy tillar» kafedrasi, hamda Akademik litsey o’qituvchilari bilan hamkorlikda, chet tillini samarasini oshirish, ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash, o’qituvchilarni o’zaro tajribasini almashish, yangi innovatsion texnologiyalarni va usullarni o’rganishlari uchun AQSh volontyori miss Zoye Rendal bilan birgalikda » USING INFORMATIONS TECHNOLOGY IN CLASSROOM » mavzusida master class o’tkazildi.